Bugun, 22 aprel kuni GM Uzbekistan AJ avtomobillarini Qirg‘iziston Respublikasiga eksport qilishni qayta yo‘lga qo‘ydi. Qirg‘izistonga avtomobillar Ravon brendi ostida eksport qilinadi.
Avval xabar berilganidek, bugungi kungacha kompaniya avtomobillari Belarus, Afg‘oniston va Tojikistonga amalga oshirildi. Shuningdek Qozog‘istonning Kostanay shaxridagi “SariarkaAvtoProm” zavodida kompaniya avtomobillarini yirik uzelli yig‘ish yo‘lga qo‘yildi.
2019 yil GM Uzbekistan faoliyatida eksport salohiyatini oshirish yili deb e’lon qilingan, bugungi kunda kompaniya mazkur yo‘nalishdagi faoliyatini yanada kengaytirish borasida muzokaralar olib bormoqda.
Yangiliklarimizni kuzatib boring!