Davlatimiz rahbari tomonidan Faol investitsiyalarni jalb qilish yuzasidan berilgan topshiriqlar, “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, avtomobil tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalarini jalb qilish, uning raqobatbardoshligini hamda ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish maqsadida “O‘zavtosanoat” AJ “Investorlar kuni” o‘tkazilishi haqida e’lon qiladi.
“Investorlar kuni” 17 apreldan boshlab haftaning har chorshanba kuni potensial investorlar bilan yaqin aloqlarni o‘rnatish maqsadida o‘tkaziladi.
Tadbirda “O‘zavtosanoat” AJ loyihalarida qatnashishdan manfaatdor bo‘lgan barcha shaxslar ishtirok etishi mumkin. Tadbir davomida tashrif buyuruvchilarga kompaniya va tarmoqdagi investitsion loyihalar to‘g‘risida barcha ma’lumotlar taqdim etiladi.
Kompaniya mutaxassislari tomonidan tarmoqning investitsion jozibadorligi haqida barcha savollarga javob beriladi.
“Investorlar kuni” Amir Temur shoh ko‘chasi, 13. “O‘zavtosanoat” binosida o‘tkaziladi.